Xitoyda dunyodagi birinchi "ko‘rinmas mato" ishlab chiqarildi
...
Xitoylik olimlar dunyodagi birinchi to‘liq ko‘rinmas materialni ishlab chiqishni yakunladi. Ko‘rinmas mato fotonlarni sindiruvchi kvant zarrachalaridan iborat, deb yozadi«Daryo». Unga allaqachon harbiylar qiziqish bildirdi.
Matoning xususiyatlari kvant zarrachalarining sun’iy yaratilgan tuzilmasi bilan bog‘liq. Bunday materiallar infraqizil nurlanishni sindirishning manfiy ko‘rsatkichiga ega bo‘ladi, shu sababli ular ob’ektlarni niqoblash uchun ayni mosdir. Matoning bir tomoni o‘zi turgan fonni aks ettiradi va uni o‘zining ich tomonida ko‘rsatadi, maxsus texnologiya esa matoga orqasida turgan ob’ektni yashirish imkonini beradi.
Xitoy davlat laboratoriyalaridan biri yangi mato yalpi ishlab chiqarish uchun tayyorligini ma’lum qildi. Sanoat kompaniyalari ko‘rinmas matodan dunyodagi birinchi kiyim-kechak liniyasini chiqarishni rejalashtirmoqda, ammo birinchi navbatda mato harbiy ishlanmalar uchun xizmat qiladi.
На главную