Yelizaveta II Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi bo‘lishi mumkin
...
Buyuk Britaniya qirolichasi Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi bo‘lishi mumkin. Ushbu qondoshlik Yelizaveta II ning ispan hukmdorlariga aloqador ajdodlariga borib taqaladi. Bu haqda The Times'ga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Ushbu nazariya mualliflari da’vo qilishicha, Britaniya qirolichasining Ispaniyaning musulmon hukmdorlari bilan qarindoshchiligi bor. Ushbu qirollar orqali u islom dini asoschisining to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi bo‘lib chiqishi mumkin.
O‘z gaplarining dalili sifatida nazariya muallifi qirolichaning 40-avlodgacha bo‘lgan shajarasini keltirib o‘tgan. Uning fikricha, bunday qarindoshlik aloqalari dinlar va qirolliklarni bog‘laydi.Ushbu tadqiqotlar ba’zi musulmon mamlakatlarida katta qiziqishni keltirib chiqardi.
Ta’kidlanishicha, Yelizaveta II ning Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) avlodi deb atalishi birinchi marta emas.
Bunday taxminlar dastlab 1986 yilda Garold Bruks-Beyker tomonidan ilgari surilgan edi.
На главную