Smartfonlarga mukkasidan ketishning xavfi ma’lum qilindi
...
San-Fransisko universiteti olimlari borgan sari keng tarqalayotgan hodisa - elektron qurilmalarga bog‘liqlik odamlarni baxtsiz qilishini aniqlashdi. Ilmiy ish Sciencedaily nashrida chop etilgan.
Olimlar smartfonlarga bog‘lanib qolgan odamlar miyasida o‘rganib qolishga olib keluvchi nevrologik aloqalar vujudga kelishini aniqlashdi. Misol uchun, bunday holat haddan ko‘p og‘riqsizlantiruvchi dorilar qabul qilganlarda yuz beradi.
Olimlar gadjetlarga bog‘liqlik jamiyat aloqalariga salbiy ta’sir qilishini aniqlashdi. 135 talaba so‘roq qilingandan keyin smartfonlardan ko‘proq foydalanuvchilar boshqalarga nisbatan ko‘proq yolg‘izlikni sezishlari aniqlangan. Olimlarning fikricha, ijtimoiy tarmoqlarda aksariyat ko‘p vaqtini o‘tkazadiganlarga noverbal muloqot: imo-ishoralar, mimika va suhbatdosh talaffuzlari yetishmaydi.
Ilmiy ish mualliflari smartfon va kompyuterdan kamroq foydalanishni tavsiya qilishmoqda. Misol uchun, do‘stlar bilan quyidagi o‘yinni o‘ynash taklif qilingan: kafe yoki restoranda uchrashuv vaqtida telefonlarni stol markaziga qo‘yish kerak. Smartfondan kim birinchi bo‘lib foydalansa, u qolganlarning ichimligi uchun haq to‘lab berishi kerak bo‘ladi.
На главную