Texnologiyalar va smartfonlarga qaramlikdan qutulishga doir tavsiyalar
...
Biz texnologiyalar va smartfonlarga qaramlik davrida yashayapmiz. So‘nggi vaqtlarda qayerga bormaylik, qo‘limizda telefon... Ijtimoiy tarmoqlar va elektron pochtani ko‘zdan kechirib chiqmasak, ko‘nglimiz joyiga tushmaydi... Har kuni internet yangiliklariga ko‘z yugurtiramiz...
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, elektron qurilmalardan haddan tashqari faol foydalanish insonning jismoniy va ruhiy salomatligi, shuningdek munosabatlar yomonlashuviga olib kelar ekan. Qanday qilib texnologiyalarning salbiy ta’sirini kamaytirib, afzalliklaridan foydalanish mumkin? HarvardBusinessReview tadqiqotlar natijasiga asoslangan bir necha strategiyasi bilan bo‘lishdi va ham ishda, ham shaxsiy hayotda unga rioya etishni tavsiya qildi.
Muallif haqida: Larri Rozen – Kaliforniya shtati universitetining psixologiya fanlari professori, i The Distracted Mind kitoblari muallifi.
"Nusxa ko‘chirish" va "barchaga javob berish" funksiyasidan oqilona foydalaning.Guruhlarning elektron xatlari va xabarlari jamoaviy hamkorlik uchun foydali, biroq ular yanada ko‘p chalg‘itadi. Guruh yozishmalari rejimida, ya’ni aksariyat xabarlarni bir-ikki hamkasblarga yo‘llash mumkinligida biz "barchaga javob berish"ni bosamiz. Natijada xabarlar zanjiri tobora og‘irlashib, shundoq ham to‘lib ketgan "Kiruvchi xatlar" papkalariga ortiqcha ma’lumot yuklaydi. Shu bois guruhdagi yozishmaga kirishishdan avval aynan kimga xabar yo‘llashni yaxshilab o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilaman: guruhga faqat jamoaning faol a’zolarini qo‘shish kerak. Shu bilan birga, izohlar haqiqatda jamoaning barcha a’zolariga tegishli bo‘lmasa, "barchaga javob berish" funksiyasini chetlab o‘tishni tavsiya qilaman. Umuman olganda, qancha ko‘p elektron xabar yo‘llasangiz, shuncha ko‘p qabul qilasiz.
Xabarga javob berish uchun muayyan vaqt ajrating.Yaqin-yaqingacha odamlar ertalabki 9:00 dan 17:00 gacha ishlashardi. Bugunga kelib esa ofisdagi oddiy ish kuni 21:00 gacha yoki umuman tungacha cho‘zilishi mumkin, ertalab esa yana ishga...
Elektron maktub yoki sms yo‘llayotgan hamkasbingiz sutkaning qaysi vaqti bo‘lishidan qat’i nazar, tezkor javobga umid qiladi. Volkswagen va Deutsche Telekom kabi transmilliy kompaniyalar tajribasiga asoslanib, «7:00 dan 19:00 gacha» qoidasiga amal qilishni taklif qilaman: xabarlarni istagan vaqtda yo‘llash mumkin, biroq hech kim ularga ertalabki soat 7:00 dan 19:00 nacha javob berishga majbur emas. Fransiyada shtatida 50 dan ortiq xodimi bo‘lgan kompaniyalar endi shunday qoidaga rioya qilishga majbur: 2017 yilning yanvarida mamlakat "o‘chirish huquqi to‘g‘risida"gi qonunni qabul qildi, u kompaniyalarni xodimlarning ishlamaydigan va elektron xatlarga javob bermaydigan soatlarni belgilashga majbur qiladi.
Vaqti-vaqti bilan dam oling.Inson miyasi tinmay ishlashga moyil emas. Biz tanaffus qilb tursakkina yaxshiroq ishlaymiz. 12 mingdan ziyod ishchi qatnashgan tadqiqotning ko‘rsatishicha, har yarim soatda ishdan dam olgan kishilarda diqqatni jamlash ko‘rsatkichi haftasiga bir martagina dam oluvchi kishilarga nisbatan 30 foizga yaxshiroq bo‘lgan, ijodiy fikrlash salohiyati esa 50 foizga yaxshi bo‘lgan, salomatlik darajasiga ko‘ra 46 foiz yuqori natija qayd etilgan. Biroq shuni ta’kidlash joizki, telefonga tikilib o‘tirish yoki internetdan foydalanishni tanaffus deb bo‘lmaydi. Qayta tiklanish uchun tanaffus - bu jismoniy mashqlar, suhbatlar yoki shunchaki fikr yuritish. Dam olish - toza havoda sayr qilish, kim bilandir suhbatlashish (ishdan tashqari mavzularda) va hokazo. Uzoq tanaffuslar ko‘proq foyda bersa-da, hech bo‘lmaganda 10 daqiqalik tanaffus qilish yaxshi natija beradi.
Yaqinlaringizga vaqt ajrating.Texnologiyalarning yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizga aralashishiga yo‘l qo‘ymang. Shunday bo‘lsa-da, ko‘z oldingizda turgan telefondan sms va yangiliklar kelib tursa, unga e’tibor qilmaslik qiyin. Maslahatim: do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz bilan muloqot qadrini oshirish uchun o‘zingizga o‘zingiz muayyan joylarda qurilmalardan foydalanishni taqiqlang.
Yotoqxonada qurilmalardan foydalanmang.Qorong‘u tushganida miya uxlashga yordam beruvchi melatonin moddasini ishlab chiqara boshlaydi. Biroq Milliy uyqu fondi va Mayo klinikasi ma’lumotlariga ko‘ra, smartfonlar, planshetlar va noutbuklardan taraladigan ko‘k rangli nur bu jarayonni sekinlashtirar ekan. Shuningdek u miya o‘chishiga yo‘l qo‘ymaydigan kortizol ishlab chiqarishga turtki beradi. Natijada borgan sari kamroq uxlab, uyquga to‘ymay yurasiz. Uyqu vaqtida amalga oshuvchi sinaptik yangilanish jarayoni uziladi, aql salohiyatingiz kamayadi. Buni osonlikcha chetlab o‘tish mumkin - shunchaki yotoqxonada elektron qurilmalardan foydalanmang.So‘nggi 10 yilda texnologiyalar bizning hayotimizga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ular yordamida muloqot qilib, ma’lumot olsak-da, tadqiqotlar natijasida texnologiyalar miya faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi va psixik salomatligimizga ziyon yetkazishini tushunib yetdik.So‘nggi 10 yilda texnologiyalar bizning hayotimizga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ular yordamida muloqot qilib, ma’lumot olsak-da, tadqiqotlar natijasida texnologiyalar miya faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi va psixik salomatligimizga ziyon yetkazishini tushunib yetdik.
Yuqoridagi tavsiyalarga muvofiq yashashga harakat qilib ko‘ring. Ular sizlarga ham, jamoangiz a’zolariga ham texnologiyalarning salbiy ta’siri ostida qolmaslikka yordam beradi.
На главную