“Telegram”dagi yozishmalarni o‘g‘irlaydigan virus paydo bo‘ldi...
“Trustlook Labs” korporatsiyasi tadqiqotchilari deyarli barcha messenjerlardagi ma’lumotlarni o‘g‘irlay olishga qodir virusni aniqlashdi. “Xabar.uz”ning xabar berishicha, bu haqda kompaniya blogida ma’lum qilingan.
Zarar yetkazuvchi dastur antivirus himoyasini chetlab o‘tadi va tizimga o‘zini aniqlashda lozim bo‘ladigan kodni taqdim etmaydi.
Virus tizimga kirib, “Telegram”, “Viber”, “Facebook Messenger”, “Skype”, “Line” va boshqa messenjerlardagi ma’lumotlarni o‘rganadi. Kompaniya tadqiqotchilari ma’lum qilishicha, yovuz niyatli kimsalar olingan ma’lumotlardan shantaj qilish niyatida foydalanishi mumkin.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar zararli dasturiy ta’minotni Xitoyning “Cloud Module” ilovasida aniqlagan. Virusni o‘zida saqlovchi paket “com.android.boxa” deb ataladi.
U “Android” ilovalarining havolalari va boshqa yot do‘konlari orqali tarqalayotgani taxmin qilinmoqda.
На главную